Mohirdev Praktikumlari bir nechta kurslardan tashkil topgan bo’lib, o’rganuvchilarni 0 dan junior darajasidagi mutaxasislar qilib tayyorlaydi. Kurslar o’rtacha 4 oydan 9 oyga mo'ljallangan.
Praktikum kurslari qanday tartibda o'tadi?
Videodarslar
Darslar video shaklda platformaga joylangan bo’lib, ularni xohlagan payt, istalgan joyda ko’rishingiz mumkin. Videodarslar yangilanib boriladi.
Vazifalar
Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvoffaqiyatli o’tgan o’quvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniga ega bo’ladi
Oylik onlayn uchrashuvlar
Har oy kurs o'qituvchilari bilan Zoom uchrashuvlari bo’lib o’tadi. Suhbat davomida o’zingizni qiynayotgan muammo va savollarga javob topishingiz mumkin
Yopiq guruh
Telegramdagi yopiq guruhda o’quvchilar istalgan vaqt o’qituvchilar va mentorlardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishi mumkin. Ular har doim yordamga tayyor turishadi.